Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 52417 ta sport inshootlari mavjud.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

Joriy yilning 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan onlayn seminar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10 641,6 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 109,8% ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,5 ming tonna bodring eksport qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 15- noyabr holatiga doimiy aholi soni 35,9 mln. kishini tashkil etgan.

AKT sektori xizmatlari umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 67,4 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 18,7 %, shuningdek, maʼlumotlarga ishlov berish, joylashtirish bo‘yicha xizmatlar va o‘zaro bog‘liq xizmatlar, veb-portallar - 5,8 % ni egallaydi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 10 781,0 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,5 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12 445 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.

2022- yil 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Oʻzbekiston Milliy universitetida davra suhbati tashkil etildi.

2022-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilganining 30 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra respublikamizda jami 358 273 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Qashqararyo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4458,5 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,9 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg’ona viloyatida jami 6204,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida kuzatildi – 61,8 % yoki 5259,6 trln. so‘m.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

Respublikaga 2022- yil oktabr oyida jami 608,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 310,1 ming nafari (50,9 %) ayollar, 298,6 ming nafari (49,1 %) erkaklar.

Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha anʼanaviy “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.