Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 89,0 % ni, yoki 36495,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,0 %ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, ularni taʼmirlash xizmatlari hajmida Toshkent shahrining ulushi 34,8 % ni yoki 1 877,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 884,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,9 % ga kamaydi.

2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 126,2 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar – sentabriga nisbatan 102,4 %), 663,8 ming tonna sut (103,3 %), 436,7 mln. dona tuxum – (100,7 %), yetishtirildi va 7 813 t. baliq (112,6 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,8 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 423 ta bo‘lib, ular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 167 747,6 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent shahrida jami 25 598,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 87,9 % ni, yoki 9014,7 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, ulardan chegarani piyoda oʻtganlar – 477,1 ming nafar. 

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,4 %ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 16 958,6 mlrd. so‘mga oshib, 65 910,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 4 759,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 1,1 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 80,0 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–sentabriga nisbatan 102,7 %), 246,3 ming tonna sut (102,1 %), 254,3 mln. dona tuxum – (102,4 %), yetishtirildi va 5 705 t. baliq (78,2 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 796,6 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi bilan birga, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2022- yil 1- dekabr holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.