Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatildi.

2022- yilning oktabr oyida turar joylar bilan bogʻliq xizmatlar narxlari bir oyda oʻrtacha 2,6 %ga oshdi.

2022- yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

2022- yilning 9 oyi davomida tramvayda jami tashilgan yoʻlovchilar soni 2 122,5 ming nafarni tashkil etib, bu esa oʻtgan yilning shu davrida tashilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 537,4 ming nafarga yoki 33,9 % ga koʻp.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 57,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga oshgan.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 118,5 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan navbatdagi onlayn seminar o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 870 taga ko‘paygan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida jami 4362,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 340 tonna kofe import qilgan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga demografik koʻrsatkichlar statistik raqamlarda:

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Aziz Karimjonov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (60,5 %),  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (20,6 %) hamda  transfertlardan olingan daromadlar (18,9 %) tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)(-) miqdori jami – 1042,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Oʻzbekiston havo yoʻllari tomonidan jami 6,4 ming tonna yuk tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 17 652,4 ming so‘mni (yoki 1 603,4 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari  umumiy hajmi 121,7  trln. soʻmni yoki  2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.