Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 7-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda qo‘mitaning markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 49,7 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,5 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga kamaydi.

2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 52 417 ta sport inshooti mavjud bo‘lib, 2018-yilga nisbatan ularning soni 1,0 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,7%ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 32 016,0 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 7 597,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda otlar bosh soni 259,4 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning avgust oyida yirik sanoat korxonalari tomonidan 76,8 ming tonna kaolin ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-avgust oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

Qashqadaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 65,5 % ni tashkil etdi, o‘tgan tegishli davrda:

2022- yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (11792,1 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 58,9 % i), Toshkent viloyatida (4260,5 mlrd. so‘m yoki 60,3 % i), Samarqand viloyatida (3774,6 mlrd. so‘m yoki 69,4 % i) qayd etildi.

 2021/2022 o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 77,4%ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 20,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 117 ming dona televizor eksport qilgan.

2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi doimiy aholi soni 35,3 mln. kishini tashkil etgan.