Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2022- yil 1- avgust holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi yillarda o‘sishi quyidagicha aks etdi:

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilning 1 iyul holatiga yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, 2021 yilning 1 iyuliga nisbatan eng ko‘p Samarqand viloyatida – 6 499  ta yoki 126,3 % ni tashkil qildi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 25,1% i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi. 

2022-yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston Respublikasida quyida keltirilgan ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi:

2021/2022- oʻquv yili boshiga respublikamizda jami oliy taʼlim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan. 2020/2021- oʻquv yilida tahsil olgan talabalarga nisbatan 237 ming nafarga yoki 41,5 % ortgani kuzatildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jami 620 821 ta koʻp bolali oilalar mavjud.

 Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 72,7% ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 18,6% ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 8,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 21,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 15,3 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 33 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna shampun import qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yil yakunlariga koʻra jami 769 dona quvvati 59 kVt dan koʻp boʻlgan traktorlar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jami 620 821 ta koʻp bolali oilalar mavjud.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 8 033,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 119,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida qurilish tarmog’ida 25 816,5 mlrd.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 971,9 ming tonna – meva va rezavorlar yetishtirildi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyunida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 65488,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-iyunida nisbatan o‘sish sur’ati yuqori bo‘lib, 111,0 % ini tashkil qildi.

Qo‘mita ishchi guruhi vakillari Mustaqillik bayrami arafasida Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, 3ta shaxsiy kompyuter, 4 ta nogironlik aravachasi, va yana 25 ta oilaga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha suv tarmog‘i qurilishida jami 614,5 mlrd. so‘m, gaz tarmoqlari qurilishida 1,5 mlrd. so‘m, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar qurilishida 1049,9 mlrd. so‘m, maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishida 449,6 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.