Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 45682,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida jami 23,1 trln.so`m asosiy kapitalga xorijiy investitisya va kreditlar o`zlashtirildi. Uning tarkibida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar 34,4 % ni yoki 8,0 trln. so`mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida 23124,8 mlrd. so‘m yoki O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami investitsiyalarning 46,2 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi.

Navbatdagi madaniy-maʼrifiy kecha Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda  oʻtkazildi. Mazkur kecha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

2022- yil 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 554 971 tani tashkil etib  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46 465 taga oshib, o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etdi.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha kvartira (uy)larning umumiy yashash maydoni 636 414,3 ming kv.m tashkil etdi.

2021-yil yakunlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarining yakuniy iste’mol xarajatlari 871,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 0,5 % ga o‘sgan.

2022- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 503,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi.

2022- yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi.

2022- yil may oyida kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmatlari uchun toʻlov miqdori oʻrtacha 1,2 % ga koʻtarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-aprel oylarida foyda solig‘i to‘lagunga qadar foyda (zarar) umumiy hajmi 22120,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilning yanvar-martida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 447 tani tashkil qildi, bu esa  2021 yilning 1 aprel holatiga nisbatan  102,5 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022  yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,1 % ni tashkil etadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 41 035 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 13,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25 382 ta konditsioner eksport qilgan.

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.

Joriy yilning 17- iyun kuni videokonferensaloqa orqali hududiy statistika idoralarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.