Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-aprel oylarida muqobil to‘plami umumiy tarkibida AKT xizmatlari sohasi 91,1 foizni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 21,0 % ni, sanoat – 23,5 % ni, qurilish – 7,9 % ni va xizmatlar sohasi – 47,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 15,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 53,7 ming tonna banan import qilingan.

Respublikamizda tashkiliy- huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1- may holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,3 foiz ulushini tashkil etgan. Oilaviy korxonalarning soni 1- may holatiga ko‘ra yillar kesimida quyidagi holatda aks etganligini ko‘rishimiz mumkin:

2022- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 29,3 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-martiga nisbatan 102,7 %), 82,4 ming tonna sut (103,2 %), 75,5 mln. dona tuxum – (103,1 %), yetishtirildi va 1 886 t. baliq (120,1 %) ovlandi.

2022- yil yanvar-aprel oylarida yuqori o‘sish moliya xizmatlarida (38,8 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (24,3 %),  transport xizmatlarida (15,4 %), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarida (10,8 %), shuningdek boshqa xizmatlarida (12,2 %) qayd etildi.

Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 281,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 219,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9449,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 95,1 % ni tashkil etdi.

2021/22-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar soni 808,4 ming  nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 36516,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 106,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 25,6 % ni, sanoat – 20,7 % ni, qurilish – 10,0 % ni va xizmatlar sohasi – 43,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 20,1 % ni, sanoat – 30,1 % ni, qurilish – 6,5 % ni va xizmatlar sohasi – 43,3 % ni tashkil etdi.