Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 8- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5282-son qarori qabul qilingan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 508 taga ko‘paygan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 445,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 213 dona traktor ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 46 ta xorijiy davlatdan qiymati 12,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,5 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,7 mingtani tashkil etib, ulardan 13,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1469,5 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 139,0 % ni va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 69,3 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,9 % ni tashkil etib, bu 66 582,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2021 yilning yanvar - sentyabr oylarida Buxoro viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida  483,5 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 100,0 %), kartoshka – 212,0 ming tonnani (100,9 %), sabzavotlar – 653,2 ming tonnani (101,5 %), poliz ekinlari – 118,1 ming tonnani (101,9 %) hamda meva va rezavorlar – 189,8 ming tonnani (88,3 %) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 2597,8 mlrd. so‘m ishlab chiqaradigan sanoat  bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da yuk aylanmasi 9300,8 mln.t - kmni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 222,1 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 73,8 % ni va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 4,6 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida 250,3 mlrd. so‘m ulgurji va chakana savdo faoliyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2022- yil 10- yanvar kuni videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo’mitasi vakillarining Jahon banki missiyasi bilan onlayn uchrashuvi bo’lib o'tdi.

2021 yilning yanvar - sentyabr oylarida Andijon viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 607,7 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 102,8 %), kartoshka – 231,7 ming tonnani (101,1 %), sabzavotlar – 1 225,0 ming tonnani (105,8 %), poliz ekinlari – 91,0 ming tonnani (107,2 %) hamda meva va rezavorlar – 423,4 ming tonnani (101,4 %) tashkil etdi.

2021- yilning dekabr oyida tibbiyot maskalari va qoʻlqoplari narxlari 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga oshgan.