Qo`mita yangiliklari

2021- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami 45 259 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarning eng yuqori hajmi Samarqand (621,5 mlrd. so‘m), Farg‘ona (430,2 mlrd. so‘m), Andijon (412,4 mlrd. so‘m), Buxoro (405,0 mlrd. so‘m) viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respuplikasi (359,2 mlrd. so‘m) va Toshkent shahrida (3 368,6 mlrd. so‘m) qayd etildi. 

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida YAHM hajmi 7,4% ga o‘sdi va 18 122 ,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidagi 105,8 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 26,0 %), sanoatdagi 105,8 % (27,1 %), qurilishdagi 109,8 % (9,0 %) va xizmatlar sohasidagi 108,9 % (37,9 %) ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga YAHM 6,0 % ga o‘sdi va 9 381,9 ming so‘mni tashkil etdi.

2021- yil yanvar - sentabr oylarida respublikamizda jami 1 436,7 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 68,8 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 22,4 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

 Oʼzbekiston Respublikasida 2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 472 273 tani tashkil etdi.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda umumta’lim muassasalarida 10-11-sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar jami 443,1 ming nafarni tashkil etgan, ularni hududlar bo‘yicha soni quyidagicha.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 550,8 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,9 % ini tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 42,7 % punktga ko‘paydi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy  kreditlar 769,2 mlrd. so‘m (13,9 % va 8,9 % punktiga kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 847,5 mlrd. so‘m (15,3  % va 5,8 % punktga kamaydi), Respublika budjeti  718,0 mlrd. so‘m (13,0 % va 17,0 % punktga ko‘paydi), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 34,2 mlrd. so‘m miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida mamlakatimizda 464 ming tonna kalava ip eksport qilingan.

Respublikamizda 2021- yil yanvar - oktabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 87 197 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7 606 taga ko‘p.

 2021- yil 9- noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda qo‘mita xodimlari, institut oqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra ularning ulushi 25,7 foizni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 51 820,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi.

 2021- yil yanvar - sentabr oylarida respublikamizda jami 2 070,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 62,7 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 31,8 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

 Oʼzbekiston Respublikasida 2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 472273 tani tashkil etdi.

 Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,2 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida mamlakatimizda 519 ming tonna neft ishlab chiqarilgan.