Qo`mita yangiliklari

 2020- yilda Buxoro viloyatida xizmatlar umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 34,1 % ni yoki 3 353,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari 1156 ta. Ularda mavjud joylar soni 50,4 ming tani, tunab qolishlar soni 1758,9 ming birlikni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 4,2 kishini tashkil etdi, shundan 8,7 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 16,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 14,2 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 20,5 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 15,4 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 24,5 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda shahar joylarda joylashgan umumta’lim muassasalar soni 3893 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 187 taga oshganligini ko‘rish mumkin. Umumta’lim muassasalari soni ko‘rsatkichi yillar kesimida quyidagiсha.

2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi, mln. so‘mda

 2020- yilda Andijon viloyati bo‘yicha xizmatlar umumiy tarkibida‘eng katta ulush savdo xizmatlariga tegishli bo‘lib 31,6 % ni yoki 3 607,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 2 o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 1- oktabr holatiga ko‘ra yillar kesimida quyidagi holatda aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,7% i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni tashkil etgan holda 42031,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 14573,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % punktga ko‘paydi) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,3 kishini tashkil etdi, shundan 0,8 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,6 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 9,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 16,8 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 24,2 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 45,0 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

 2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan umumta’lim muassasalari soni 6288 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 276 taga oshganini ko‘rish mumkin, Umumta’lim muassasalari soni yillar kesimida quyidagiсha.

 2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 1389,0 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 170,3 foizni tashkil etdi.

 2020- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 25,7 % ni yoki 1 673,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

         2020- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 30 144,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 30,8 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 27,5 % dan 34,4 % gacha oshdi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 47797,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,1 % ini tashkil etdi.

 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 20116,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,