Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 2 158,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 46 947 ta tadbirkorlik subyektlari  ro‘yxatdan o‘tgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 14 965,5 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar 7,1 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 13,1 trln soʻm ishlar bajarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 18 607,2 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Forum joriy yilning 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 252,5 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yangi ochilgan ish o‘rinlari soni 363 802 tani tashkil etgan.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2024- yil 1- oktabrdagi 199-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning “Statistikada yangi texnologiya va maʼlumotlar manbalari” nomli maqolasi chop etildi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi yashirin iqtisodiyotida 79 272,2 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-sentabr holatiga 394 712 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

 Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

 Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

2024- yilning 23–25- sentabr kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida Mo‘g‘uliston Milliy statistika idorasi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi statistika instituti (SIAP) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika bo‘limi (UNSD) tomonidan tashkil etilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun mintaqaviy oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 941 ming soʻmga yetgan.