Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5,2 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

“Халқ сўзи” gazetasining 2024-yil 17-iyuldagi 143-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Oʻzbekistonning qaysi hududida eng koʻp oilaviy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda” nomli maʻlumot chop etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 6,8 % ga oʻsgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining ish joyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 20 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining ulushi shaxsiy xizmatlar umumiy hajmining 64,4 % ini yoki 3 394,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy investitsiylar ishtirokida 1 885 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida faqatgina yirik korxonalar tomonidan 68,9  tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12-iyul kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan “Siyosiy-maʻrifat soati” tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 2 730,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 56,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda rasm, film, video va musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun internetdan foydalanadigan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 59,1 % ni tashkil etdi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2024-yil 16-iyuldagi 142-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Toʻqimachilik mahsulotlarimiz 55 ta davlatda xaridorlariga ega” nomli maʻlumot chop etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 5 553,7 mlrd soʻm boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 45 857 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.