Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlarining hajmi 2 747,5 mlrd soʻm yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga jami 64 375 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 155,4 tonna sendvich panellari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 25,2 % ga oshgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida soʻnggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, islohotlarning muhim yoʻnalishi sifatida Oʻzbekiston boʻyicha statistik maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash hamda xalqaro statistika tashkilotlari bilan statistikani shakllantirish va axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqish turizmi bo‘yicha navbatdagi tanlanma kuzatuvlar 2024-yilning may oyidan boshlab Respublika hududlarida xorijiy turistlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib kelinmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiya va kreditlarning  jami asosiy kapitalga  investitsiyalar hajmidagi ulushi 68,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 20–24-may kunlari Statistika agentligi delegatsiyasining Koreyaning “Statistics Korea” idorasiga tashrifi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilgan egizaklar soni 6 329 nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 31-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 10,5 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi stаtistikа boshqarmasi xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 6,4 trln soʻmni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 45, 1 ming nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 29-may kuni Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 1 319 tonna baliq ovlangan.

Respublikamizda 2024-yil 1-may holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.