Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi oʻtgan tegishli davrlardan yuqori boʻlib, 74,7 % ni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktablariga qabul qilingan oʻgʻil bolalarning umumiy soni 81 661 nafarni tashkil etgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlar hajmi 37 713,9 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha yangi qurilish hisobidan 5,3 trln. soʻmlik ishlar bajarildi.

2023-yil yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 6,0 % ga oʻsdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 66,7 % i yoki 30,6 trln. soʻmi jalb etilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirildi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 198,9 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, 68 281 ta oilaviy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 305,8 tonna shirin pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu g`oyalarini, xalqimizning urf-odat, an`analari va qadriyatlarini o`zida mujassam etgan qutlug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi.

Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan INHA universitetida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yilning 8 –12-aprel kunlariga belgilangan Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 42,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 1 530,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,1 %ga yetdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 487,5 mln. dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.