Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Buxoro viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 10 863,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

2022/2023-oʻquv yili boshida Namangan viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 20 901 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 3 824,9  mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 30,3 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  5,8 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 93,5 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 173,5 mln. l. gazli suvlar ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Samarqand viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 4 208,5 ming kishini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4796-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga Sifat menejmenti tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan  (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 11 287,7 ming tonnani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 4 261,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda joriy yilning 1-yanvar holatiga sanoat sohasida 110 389 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2022/2023-oʻquv yili boshida Jizzax viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 13 763 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 22 448,4 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 9,9 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Buxoro viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  8 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 95,3 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 424,5 tonna choyshablar ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boʻyicha taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 352,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi.