Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga 14,1 birlikni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 73,5 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 19,1 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,4 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-oktabr oyida jami 76 734 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6 797,9 ming tonnani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Xitoydan Oʻzbekistonga 35 368 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  121,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 9 735, mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 1 408 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Joriy yilning 14-noyabr kuni poytaxtimizdagi Frankfort mehmonxonasida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (MXT)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot va insonlar mobilligi ma’lumotlari bilan ishlash vositalar to‘plami dasturi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 872,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 6,8 %ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 12 376 tani yoki jami yangi tashkil etilganlarning 18,3 %ni tashkil qildi.

Joriy yilning 13–17- noyabr kunlari Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 79,0 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 13,4 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,6 %ni tashkil etadi.

Samarqand va Sirdaryo viloyatlari statistika boshqarmalarida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.

2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida 52 819 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,0 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 22,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.