Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlar missiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 74,2 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,1 %ni, shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 21,5 %ni hamda  transfertlardan olingan daromadlar 17,4 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 820 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi  5,2 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 6 426,5 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 861,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 1 627 nafar egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga SHHTga aʼzo (Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Eron) davlatlardan 5 063,8 ming nafar chet el fuqarolari tashrif  buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 467,8 tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 36 373,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 25,6 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 12 851 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 836 tasi qo‘shma va 8 015 tasi xorijiy korxonalardir.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik  subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 81,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,4 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 32,7 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 29,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati boʻyicha 5 117,6 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari soni 44 492 tani tashkil etgan.