Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 605 230 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 27,9 birlik, Navoiy viloyatida 21,5 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,4 birlik, Jizzax viloyatida 16,7 birlik va Buxoro viloyatida 16,1 birlikka yetdi.

2023-yilning  yanvar-avgust oylarida Yaponiyadan Oʻzbekistonga 6 633 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari jurnalist va blogerlar uchun data-jurnalistika va ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 9 097 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Joriy yilning  3-oktabr kuni Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boshlandi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 80,0 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 813,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,3 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonfrensaloqa tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 892,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 2 048 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyunida hududlar boʻyicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng koʻp ulushi Toshkent shahri – 17,7 %, Samarqand viloyati – 9,6 %, Fargʻona viloyati – 9,6 %, Qashqadaryo viloyati – 8,1 %, Toshkent viloyati – 7,9 %, Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7,7 %, Buxoro viloyati – 6,8 % hissalariga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Fargʻona viloyatida 3,2 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida jami 22,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida 4 ta muzey, 2 ta teatr, 1 ta konsert tashkiloti, 14 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 66 ta madaniyat markazi, 1 ta kinoteatr va 259 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 6 621 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.