Qo`mita yangiliklari

2023-yil 1-yanvar holatiga Toshkent shahrida 15 ta muzey, 4 ta teatr, 2 ta konsert tashkiloti, 4 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 81 ta madaniyat markazi, 11 ta kinoteatr, 1 ta hayvonot bog‘i, 1 ta sirk, 1 ta botanika bog‘i  va 1 067 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 2 809 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 16 556,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

2023- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 160,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 399,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,9 tonna daftar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 2 048 ta yangi korxonalar tashkil etilib, ular 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan taʼminlash boʻyicha tovar aylanmasi hajmi 7,5 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida 1,9 trln. soʻmlik asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 5,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan shifokorlar  soni 5 420 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 10 970 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 4 987,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,4 %ni tashkil qildi.

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" tashkil etilgan edi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (40,5 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,2 %) va Farg‘ona (5,8 %) viloyatlari kabi hududlarga  to‘g‘ri keldi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 628,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.