Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 67,2 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 27,9 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Savdo korxonalari yillar kesimida qaralganda quyidagicha taqsimlangan:

2021- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,4 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Yanvar- dekabr oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 72,4 % ini tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 43,0 % i  yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

2021- yilda sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Jizzax viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 47,5 %i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 40,2 % va Toshkent viloyatida 37,1 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 32,4 % i  yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 134,3 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Respublika budjeti hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi uchta hududda kuzatildi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida hududdagi jami investitsiyalarning 12,7 % i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida iqtisodiyot yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 54,2 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil davomida metropoliten transporti orqali 101 758,6 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu 2020- yilning shu davriga nisbatan 2,6 martaga ko‘pdir (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 38 814,9 ming yo‘lovchi tashilgan).

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2022- yilning yanvar oyida iste’mol bozori-dagi tovarlar va xizmatlarning INI 0,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi: