Qo`mita yangiliklari
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 314,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm
indeksi* 109,0 % ni tashkil etdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
18–19- oktyabr 2021- yil Jenevada (Shveytsariya) ekologik statistika va ko'rsatkichlar bo'yicha qo'shma vazifa guruhining 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 47797,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,1 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5 % i yoki 15589,1 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 20116,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 96,9 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,1 % punktga kamayib, 26,2 % ni tashkil etdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha texnik ko‘mak missiyasi rahbari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 152 728,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 23,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 19,5 % dan 27,4 % gacha oshdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020/2021 o‘quv yili boshiga, birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarning jami soni 649,1 ming nafarni tashkil etib, ulardan 310,8 ming nafari (47,9 %) qizlar va 338,3 ming nafari o‘gil bolalar (52,1 % ) dan iborat.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qurilish tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 37 488,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 62,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,6 % dan 6,7 % gacha oshdi.
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra,
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining taqsimlanishi, mlrd. so‘m
2010- yilga nisbatan 2020- yilda Farg’ona viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 223,1 mlrd. so'mga o'sdi va 13 694,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yil yakuniga ko‘ra Farg’ona viloyatida ko'rsatilgan bozor xizmatlarining jami respublikadagi ulushi 6,2 % ni tashkil etdi.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi, mln. so‘mda
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 1,9 foizni (soni 10 305 ta) tashkil etdi.
“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 20- oktabr 208- sonida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbatiga bag’ishlangan maqola chop etildi.
Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O‘zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- o‘rinni egallagan.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,6 kishini tashkil etdi, shundan 0,4 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 8,9 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 15,9 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 25,8 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 45,3 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
20/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi qo‘shilgan qiymati 151 250,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 7,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 32,1 % dan 27,1 % ga kamaydi.
883-sahifa 1011 dan


