Qo`mita yangiliklari

Hududlar bo‘yicha hisobot yilida qisqartirilgan ish o‘rinlari soni, viloyatlar kesimida, birlikda.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida jami 7938,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 41,9 % i yoki 3326,2 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida respublika bo‘yicha jami ko‘rsatilgan 127 694,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari hajmida savdo xizmatlarining ulushi 32 085,5 mlrd. so‘mni, yoki jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,1 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 18,8 % ni tashkil etdi yoki  12491,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

 2021- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 3174,9 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,4 % ga teng.

2021- yil 1- yanvar holatiga, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar soni 9653 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,1 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar va ro’yxatga oluvchilarni ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha videokonferensaloqa tarzida yig’ilish o‘tkazildi.

 Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas'uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 1- sentabr holatiga yillar kesimida qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qilgan.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 117,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,6 mln. dona mobil telefon import qilgan.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 367,4 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar - avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan kompyuterlar soni 60 tani tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 2021- yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 416,4 ming tonna kalava ip ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etgan.

 2021- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 45497 tonna uzum yetishtirilgan.

Joriy yilning 23–24 sentabr kunlari videokonferensaloqa shaklida Yevrostat va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan “Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika idoralari uchun – kelajakka e’tibor: ustuvor yo‘nalishlar va innovatsion amaliyot 2021” mavzusida  yuqori darajali seminar tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3201,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 49,9 % i yoki 1596,2 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.