Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 90 769,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Demografiya va mehnat statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 19 693,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil qilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 73,1 %ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri (41,1 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,2 %) va Fargʻona (5,7 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 145,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 63 465 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 3 479 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 39,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 89,7 %  ulushini tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Jizzax viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 127 nafarni tashkil etgan.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 61,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 40 167,9 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,7 % ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Fargʻona viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 22 746,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 108 477,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 24,9 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  68,8 % ni tashkil etgan.