Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 375,5 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 2,0 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 31,5 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,7 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 8 711 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 15-26-yanvar kunlari Avstriyaning Vena shahridagi Birlashgan Vena institutida “Institutsional sektorlar hisobi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar- dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 403 974,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 86 030 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36,8 mln kishini tashkil etgan.

2023-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln. soʻmga yetgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Xorazm viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 17 086 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 2 912,1 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 18,5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  8,7 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,8 % ni tashkil etgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 11 931,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan 2023- yilning yanvar-dekabr oylari uchun “O‘zbekiston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati” press-relizi shakllantirilib, veb-saytining “Nashrlar” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi:

2024- yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (7 453,4 ming so‘m), Navoiy viloyatida (5 887,8 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4526,0 ming so‘m), Andijon viloyatida (3 982,7 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3 883,9 ming so‘m) kuzatildi.

2024-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 36 799,8 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18 525,0 ming kishini, ayollar soni 18 274,8 ming kishini, shahar aholisi soni 18 768,5 ming kishini, qishloq aholisi soni 18 031,3 ming kishini tashkil etdi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426 264,0 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 411 594,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 10 399,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 4 269,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi