Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 134,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,1 %ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 393,3 ming dona televizorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida 8,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Fargʻona viloyatida jami 6,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni 4 440 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 10 026,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,4 %ni tashkil qildi.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan joriy qilingan innovatsiyar 1 635 tani tashkil etgan. Bunda 2021-yilning mos davriga nisbatan innovatsiyalar soni1 339 taga kamaydi.

2023-yilning o‘tgan 8 oyi davomida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi  88,3 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 29-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 7 960,4 ming so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 341,3 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 13,2 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 3 952 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida 5386,1 mlrd. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida jami 8,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar  soni 11 567 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 26–28- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha: