Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,0 % ga o‘sdi va 12 567,4 ming so‘mni tashkil etdi hamda 2019- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 16,4 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 335 ta bo‘lib, ular 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan.

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyatida jami 32 052 ta nikoh qayd etilgan.

2023-yilning yanvar–mart oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 3 230,8 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023-yil 23-iyundagi 124-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i Umid Madaminovning “Xalqimiz bugun farovon yashashga haqli. Bu yoʻlda bor imkoniyatlar ishga solinyapti” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yil yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,0 %.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 268,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 26,0 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 38,3 % ga oshgan.

Joriy yilning, 1-iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 588 729 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

Xorazm viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 892,2 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 116,2 % ni tashkil qildi.  

2022/2023-o‘quv yili boshida kasb-hunar maktablariga qabul qilingan o‘quvchi qizlar 26 109 nafarni tashkil etib, jami qabul qilingan o‘quvchilarning 26,6 % ni tashkil etadi.

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyatida jami 8 510 ta nikoh qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 79,3 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar–mart oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 2 780,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 22-23-iyun kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 71-yalpi sessiyasi oʻtkazildi. Konferensiyada xalqaro tashkilotlar va mamlakatlarning milliy statistika idoralari rahbarlari, ilmiy-akademik doiralar va statistika hamjamiyatining vakillari, Yevropa statistiklari konferensiyasi aʼzolari qatnashdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 1 211,1 mlrd. soʻmga yetdi. Eng muhimi, ushbu xizmat turining nisbatan yuqori ulushi Toshkent shahrida (umumiy hajmining 25,6 foizi), Toshkent (14,2 foiz), Andijon (9,8 foiz), Qashqadaryo (8,3 foiz), Samarqand (7,9 foiz) va Fargʻona (7,8 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar va gender tenglik masalasi nihoyatda dolzarb va bu davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Shu bois xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 369,3 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,4 % ga oshgan.