Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nikohdan ajrashgan oilalar soni 44 742 nafar qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-.yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 65 457,7 mlrd. so‘mga oshib, 322 643,2 mlrd. so‘mga yetdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 73,8 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – 4 250,5 mlrd. so‘m.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Farg’ona viloyatida jami 6 779,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,4 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,5 % ga o‘sdi. 

 2022-yil 1-oktabr holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 945,2 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 101,7 %), shundan sigirlar – 360,7 ming boshni (102,1 %), qoʻy va echkilar – 476,4 ming boshni (105,1 %), otlar – 5,4 ming boshni (101,3 %) hamda parrandalar – 6 271,5 ming boshni (104,6 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 132,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 86,2 % ni, yoki 8401,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 111,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning yuqori o‘sishi Xorazm (84,5 %), Namangan (44,1 %), Buxoro (35,6 %) va Qashqadaryo (28,3 %) viloyatlarida qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 487,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,4 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 14 272,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sdi.

Mamlakatimizda 2022-yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (588 823 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi: