Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 13 473,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 270,3 ming ta kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,5 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oyida jami 62 523 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

2022-yilda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani (yoki jamiga nisbatan 7,5 %) tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta muzey, 3 ta teatr, 2 ta konsert tashkiloti, 1 ta botanika bog‘i, 7 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 62 ta madaniyat markazi va 288 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 18 231 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 092 nafarga (6,4 %) koʻpaygan.

Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro Forum hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazildi.

2023-yil 13-sentabr kuni BMT Statistika komissiyasi tomonidan ma’lumotlar dinamikasini aks ettiruvchi inklyuziv jarayonlarni kengaytirish masalalari yuzasidan videokonferensiya tashkil etildi.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 99 981,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2021-yilning mos davriga nisbatan 14 759,9 mlrd. so‘mga ko‘p demakdir.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 786,7 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 74,2 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Fargʻona viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 063,7 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,1 %), shundan sigirlar – 386,0 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 911,8 ming boshni (101,9 %), otlar – 10,0 ming boshni (104,4 %) hamda parrandalar – 8 425,8 ming boshni (106,5 %.) tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 9 150,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4,9 % ga ko‘paydi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 105,3 %, sanoatda 106,7 %, qurilishda 100,9 % va xizmatlar sohasida 103,8 % kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 355,6 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan.

2023-yil 1-sentabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 216 400 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 2 758,3 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 319,6 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 64 925 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 666 nafarga (6,0 %) koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 7453,0 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.