Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 28 040 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 620 nafarga (6,1%) koʻpaygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 63,6 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 986,7 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 41,7 %ga oshgan.

2023-yil 1-iyul holatiga, Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 458,2 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 103,1 %), shundan sigirlar – 174,6 ming boshni (103,0 %), qoʻy va echkilar – 366,5 ming boshni (105,6 %), otlar – 16,3 ming boshni (108,5 %) hamda parrandalar – 4 284,0 ming boshni (106,6 %.) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha Surxondaryo (128,0 %), Namangan (125,4 %), Xorazm (124,8 %), Sirdaryo (124,6 %)  va Andijon (124,3 %) viloyatlari yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish Farg‘ona viloyatida (120,7 %) qayd etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 22 270,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 162 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 3 484 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Nаvoiy viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan yillarning tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 82,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 3 821,0 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha 5 298,1 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 10 571 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 188,8 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 101,7 %), shundan sigirlar – 345,4 ming boshni (101,5 %), qoʻy va echkilar – 1 226,1 ming boshni (102,8 %), otlar – 27,4 ming boshni (101,6 %) hamda parrandalar – 5 088,9 ming boshni (104,6 %) tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 114,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 1,2 %ga o‘sdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investitsiya ishtrokidagi korxonalar soni 12 771 tani tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 51,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 3 394,6 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan   53,7 %ga  koʻpaydi.