Qo`mita yangiliklari

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 23,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (23,3 %), transport (23,0 %), aloqa va axborotlashtirish (6,8 %), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,2 %) qayd etildi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Qashqadaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 688,3 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,3 %), shundan sigirlar – 544,4 ming boshni (102,2 %), qoʻy va echkilar – 4 811,5 ming boshni (101,8 %), otlar – 35,2 ming boshni (102,8 %) hamda parrandalar – 5 957,1 ming boshni (100,7 %) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 020,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 21,3 %ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 325 tonna shampunlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 413 599 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 409 988 tani tashkil etgan.

Buxoro viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 85,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 2 192,6 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Andijon viloyati boʻyicha 3 890,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 2 983 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 62,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyul oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi 117 829,2 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 47,1 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 113,1 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,0 %), shundan sigirlar – 380,8 ming boshni (101,2 %), qoʻy va echkilar – 1 525,2 ming boshni (100,9 %), otlar – 7,3 ming boshni (102,8 %) hamda parrandalar – 9 816,8 ming boshni (107,8 %.) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 7 966,1 ming so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 397,9 tonna bodring konservalangan.

Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 600 709 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan.

Navoiy viloyatida 2023-yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 24,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan  viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 2 246,1 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,4 % ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahri boʻyicha 18 886,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.