Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 539,4 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,0 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 007 tani tashkil etdi.

 Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 79,5 % ini tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Qashqadaryo viloyatida 5 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar–iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 1 267,5 ming t. goʻsht (2022-yilning yanvar–iyuniga nisbatan 103,8 %), 5 288,3 ming tonna sut (102,9 %), 3 571,2 mln. dona tuxum – (104,5 %) yetishtirildi va 46 476 t. baliq (111,6 %) ovlandi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida jami 18,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo  viloyatida jami 3,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Fargʻona viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 4014,8 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,1 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 7,4 mln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida 2 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 505,5 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,1 %), shundan, sigirlar – 4 782,6 ming boshni (102,0 %), qoʻy va echkilar – 23 441,9 ming boshni (102,4 %), otlar – 267,3 ming boshni (103,0 %) hamda parrandalar – 97 170,8 ming boshni (108,1 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 24-26-iyul kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belorus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belorus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,6 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 5 043,0 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 650,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,7 % ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 477 722 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 67 516 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qashqadaryo viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 33,2 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 6,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.