Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 9 376,9 mln dona tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 29 173 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,0 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi yillardagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:

Samarqand viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 38,2 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha jami 7 478,7 mlrd.so‘m  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 27,4 % ni tashkil etdi.

     2022- yil yanvar-oktabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari boyicha yuqori hajm, Toshkent shahri (15 180,7 mlrd. so‘m), Samarqand viloyati (4 999,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyati (4 944,4 mlrd. so‘m) va Toshkent viloyatida (4 437,2 mlrd. so‘m) qayd etildi.

 Joriy yilning yanvar-oktabr oyida 4195,9 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 48,4 % ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2021- yilda 52,9 % ni, 2020- yilda 55,1 % ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 613 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 15,6 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

2022- yil yanvar-avgust oylarida jismoniy komfortni ta’minlash xizmatlarining yuqori o‘sishi Jizzax (30,0 %), Farg‘ona (22,5 %), Andijon (14,5 %), Namangan (12,9 %), Surxondaryo (11,3 %), Samarqand (11,3 %) va Navoiy (11,1 %) viloyatlarida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YAHM 4,9 % ga o‘sdi va 25 314,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Jizzax viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 577,8 ming tonna don (2021– yilning yanvar – sentyabriga nisbatan 101,7 %), 54,5 ming tonna kartoshka (121,6 %), 308,4 ming tonna sabzavotlar – (101,5 %), 195,2 ming tonna poliz (114,0 %), 65,6 – ming tonna meva (107,6 %)  va 22,3 ming tonna uzum (104,7 %) yetishtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 11,8 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 74,0 foizni tashkil etdi.

Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 44,6 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami 15 782,1 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga 4,4 mln. nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.