Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 58,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil 22–25-noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy bo'limi eksperti Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, axborot sohasidagi xizmatlar hajmi 1 174,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida respublikamizda 8,0 mln. tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 43 506,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-sentabr oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,2 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 40,6 %), sanoatda 108,8 % (16,3 %), qurilishda 111,8 % (6,4 %) va xizmatlar sohasida 106,7 % (36,7 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 4,0 % ga ko‘paydi va 10 708,0 ming so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Buxoro viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 510,7 ming tonna don (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 105,6 %), 233,4 ming tonna kartoshka (110,1 %), 674,5 ming tonna sabzavotlar – (103,3 %), 122,8 ming tonna poliz (104,0 %), 225,0 – ming tonna meva (118,5 %)  va 186,0 ming tonna uzum (104,1 %) yetishtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,8 ming tonna makaron mahsulotlari va shu kabi xamirdan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yil 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 178 793 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

To'yni nishonlash yoki boshqa tadbirlar uchun zalni ijaraga olish joriy yilning oktabr oyida respublikada o'rtacha 3,6 foizga qimmatlashdi.

Nаvoiy viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 6,7 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 16 394,6 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 22,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha jami 9 737,6 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022-yil yanvar-oktabr oylarida MDH davlatlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 3 861,8 ming va uzoq xorijiy davlatlariga  538,7 ming nafari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 65,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 31,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida sport, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish sohasidagi xizmatlarining eng yuqori o‘sishi Navoiy (57,0 %), Toshkent (47,4 %), Surxondaryo (40,8 %), Qashqadaryo (24,5 %) viloyatlarida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 33 321,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.