Qo`mita yangiliklari

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-may oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 20 531,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 5 588,6 mln. AQSH dollariga yoki 37,4 % ga koʻpaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 24 821,4 mlrd. so‘mga oshib, 131 608,6 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 11291,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tabdirini amalga oshirishda barcha axborot, taqdimot va boshqa faoliyatlarda asosiy identifikator sifatida ishlatiladigan tadbir logotipi va shiorini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlandi.

2022- yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 45682,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida jami 23,1 trln.so`m asosiy kapitalga xorijiy investitisya va kreditlar o`zlashtirildi. Uning tarkibida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar 34,4 % ni yoki 8,0 trln. so`mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida 23124,8 mlrd. so‘m yoki O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami investitsiyalarning 46,2 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi.

Navbatdagi madaniy-maʼrifiy kecha Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda  oʻtkazildi. Mazkur kecha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

2022- yil 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 554 971 tani tashkil etib  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46 465 taga oshib, o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etdi.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha kvartira (uy)larning umumiy yashash maydoni 636 414,3 ming kv.m tashkil etdi.

2021-yil yakunlari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarining yakuniy iste’mol xarajatlari 871,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 0,5 % ga o‘sgan.

2022- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 503,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi.

2022- yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi.

2022- yil may oyida kiyimlarni kimyoviy tozalash xizmatlari uchun toʻlov miqdori oʻrtacha 1,2 % ga koʻtarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-aprel oylarida foyda solig‘i to‘lagunga qadar foyda (zarar) umumiy hajmi 22120,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilning yanvar-martida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 447 tani tashkil qildi, bu esa  2021 yilning 1 aprel holatiga nisbatan  102,5 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022  yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,1 % ni tashkil etadi.