Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan uyali aloqa telefondan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta bo‘lgan shaxslarning ulushi 97,0 % tashkil qildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining oʻrtacha yoshi 29,1 yoshni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2021-yil boshida 29,0 yoshni tashkil etgan.

 2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 52,5 % ni tashkil etdi.

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida hududlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich  Toshkent shahrida kuzatilib, 9,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Sirdaryo viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 81,1 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 32,5 % ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlarining 19,6 %i  yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi mablag`lari hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Xorazm viloyatida kuzatildi.

2022- yillar yanvar-mart oylarida o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar- aprel oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 144,8 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng ko‘p Toshkent shahrida – 96 750 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 20,3 % ni tashkil qildi.

2022- yil 1- may holatiga roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etib, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng ko‘p savdo sohasida – 161 294 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 32,8 % ni tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.