Qo`mita yangiliklari
30/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 30- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.
30/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlami yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.
30/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4906-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilayotgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizdan bir talayi taqdirlandi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27-may kuni Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning statistik tahlilini takomillashtirishning nazariy va uslubiy jihatlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.
2022- yilning yanvar-aprel oylarida respublika boʻyicha 16 256 ta ajralish holatlari qayd etilgan.
2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 153,3 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyatida 2022- yil 1- aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 9,4 birlikni tashkil qildi.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublika budjeti hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushlar uchta hududda kuzatildi: Toshkent shahrida 5,3 %, Surxondaryo viloyatida 4,9 % va Qoraqalpog`iston Respublikasida jami investitsiyalarning 4,0 % i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.
Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.
2022- yil yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 25 427,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 138,8 % ni tashkil etdi.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yilning yanvar-aprel oylari yakuniga ko‘ra ushbu xizmat turining ulushi 25,0 % ni tashkil etib, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 25 427,1 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.
Jizzax viloyati 2022- yil yanvar-aprel oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 120,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,3 % ini tashkil etdi. 2021- yil yanvar- aprelga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % ni tashkil etgan.
27/05/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yil yanvar-aprel holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2021- yilning mos davriga nisbatan 168,8 %ni tashkil qildi 898,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa, umumiy savdo hajmining 14,0 % ulushiga to‘g‘ri keladi.
727-sahifa 1011 dan


