Qo`mita yangiliklari

 Farg’ona viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 63,7 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (22,3 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (41,4 %) o‘z ichiga oladi.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  48,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2066,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,3 % va 97,7 % ni tashkil etdi.

 Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning o‘sish sur’atlarini taqqoslaganda, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlarning yuqori o‘sishi Surxondaryo viloyatida 67,9 % ni tashkil etdi. Nisbatan past o‘sish sur’ati Andijon viloyatida kuzatildi – 110,0 %.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida YAHM hajmi 7,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 105,8 % ni, sanoat – 105,8 % ni, qurilish – 109,8 % ni, xizmatlar sohasi – 108,9 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,2 % ni tashkil etdi.

 Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2278,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 25,2 % ini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 81501,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 850 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 8311,6 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,5 % ni tashkil etdi.

 Farg’ona  viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

 Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 82,3 % i yoki 1741,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  24 ta xorijiy davlatga qiymati 246,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 240,2 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi, jumladan, ularni ta’mirlash xizmatlarini qo‘shgan holda xizmatlarning nisbatan yuqori ulushi Toshkent (10,4 %), Samarqand (8,8 %), Navoiy (8,6 %), Xorazm (8,6%) va Farg‘ona (8,3 %) viloyatlarida qayd etildi.

 Jizzax viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 6210,4 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 68,7 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 2498,7 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 27,7 %) va boshqa xarajatlarga 327,3 mlrd. so‘m (3,6 %) o‘zlashtirildi.

 2021- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi 519 825,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga o‘sdi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 27- noyabr sonida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Salohiddin Yahyoyevning “Sirdaryoda yalpi hududiy mahsulot 11,6 foiz o‘sdi. Buning omillari nimada?” nomli maqolasi chop etildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 81501,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 3 257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.