Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,1 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 4 678 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 80 684 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 2,4 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 669,8 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 629,5 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan.

Xabaringiz bor, joriy yilning 2–4- oktabr kunlari “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining II xalqaro statistika forumi: statistikada yangi texnologiya va maʼlumotlar manbalari” mavzusida navbatdagi yigʻilish oʻtkazilmoqda. Forumning oxirgi kuni Toshkent shahridagi “City Palace Hotel” mehmonxonasining majlislar zalida bo‘lib o‘tmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12,7 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelishgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- sentabr holatiga koʻra, 643 851 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2024- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 144,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 71,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 105,3 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 236,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 5015,8 ming tonna sut sog‘ib olingan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 761,5 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 2–4- oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasi majlislar zalida “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining II xalqaro statistika forumi: statistikada yangi texnologiya va maʼlumotlar manbalari” mavzusida navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 25,2 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.