Qo`mita yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 90,6 % ni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 76 343 tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va motosikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 2,6 trln soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 26 858,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida 48 705 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 4,9 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 29- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 64,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 4 242,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yoʻlovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 94,8 % ni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 99 291,8 ming boshga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln tonnani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 257 993,6 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 47,5 % i yaratilgan.

2024- yil 1- avgust holatiga savdo sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 230 695 ta bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 28- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Malayziya Statistika departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 234,7 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.