Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 586,4 tonna non mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida, Oʻzbekistonda jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,9 % ulushni tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 45 % yoki 148 745 birlik bilan ustunlik qiladi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 880 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 221 tasi qoʻshma va 9 659 tasi xorijiy korxonalardir.

Joriy yilning 7-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirgʻiz Repsublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Axborot va kiberxavfsizlik mutaxassislari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, savdoda 34 180,2 mlrd soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 877,2 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

  “Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalining 2024-yil 6-avgustdagi 1-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Shaxboz Samadovning “Milliy statistika tizimida yangi axborot manbalaridan foydalanish jarayonlarida raqamli texnologiyalarning oʻrni” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik qurilish tashkilotlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 33 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,5 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 62 687,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 288 548 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2024-yilning 6-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2024-yil 6-avgustdagi 156-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Baxodir Abdusalomovichning “Yashirin iqtisodiyot imkoniyatni cheklab, nomutanosibliklar keltirib chiqaradi” nomli maqolasi chop etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 260 182,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.