Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 100 279,7 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 42,7 % i yaratilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 20 558 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may holatiga O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 367 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 3 950,1 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 % ga o'sgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 1,1 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikada dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 376 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, moliyaviy va sugʻurta faoliyatida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 14 936,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 604 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 25-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida ijara xizmatlari hajmi           3 416,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 73,8 trln soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 56,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,1 % ni tashkil etdi.