Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida tirik tugʻilganlar soni 347,4 ming nafarni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 57 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 442,3 ming boshni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 14 478 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 13-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Shaxsga doir maʻlumotlarni yigʻish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 19 455,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida 80,8 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-may holatiga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan elektr changyutgichlar soni 74 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 30,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 47 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 376 044 dona qorako‘l teri olingan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 835 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida  yirik korxonalar tomonidan 3 160,5 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 50,2 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 2 685 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9 % ga oʻsgan.

Joriy yilning 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 23 928,6 mlrd soʻmni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 77 % ini tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.