Qo`mita yangiliklari
30/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 243,7 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 barobarga oshgan.
30/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning 28–30-noyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy komisssiyasi (ESKATO) hamda BMTning Statistika departamenti tomonidan statistik va keng ko‘lamdagi maʼlumotlarning integratsiyasiga bagʻishlangan seminar o‘tkazildi.
2023-yilning yanvar–oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 6 872 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 575,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 6,8 %ga o‘sdi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar–sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 60,4 %ni tashkil etdi.
Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, 67 347 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan.
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent shahrida jami 29,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 3,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 82,7 %ga koʻpaydi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 30,7 %ni tashkil etdi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 908,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Tojikistonga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.
2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga koʻra sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 6 857,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,4 %ga yetdi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 110,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,5 %ga oshgan.
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 18 417 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha tashish va saqlash, axborot va aloqada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 940,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,9 %ga o‘sdi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 57,4 %ni tashkil etdi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga 426 270 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 422 586 tani tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Xorazm viloyatida jami 4,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
29/11/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,5 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 %ga koʻpaydi.
298-sahifa 1011 dan


