Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 304 624 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 118 124,6 milliard so‘mni yoki 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,8 % ni tashkil qildi.  

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 17,2 trln. soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  135,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 2,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida savdo xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 29 362,9 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 4,6 mingta sport inshootlari, 1,9 mingta jismoniy tarbiya jamoalari va 53 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 33 858 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 145 139,3 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 41,1 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 17,8 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 74,1 %ni tashkil etadi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 422 373 ta faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) mavjud bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari 418 711 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da yo‘lovchi aylanmasi 92 057,2 mln. yo‘l km.ni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan  102,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʻlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 12,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  124,3 % ni tashkil etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq toʻlash koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Aliya Tairova taqdimot qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo  viloyatida jami 5,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning o‘tgan 9 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 62,3 % ni tashkil etdi.