Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6541 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,6 martaga oshgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 155 265 ta bo‘lib, ular jami korxonalar sonining 32,5 %ini tashkil etadi.

2022-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi 3 824,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan shifokorlar  soni 6 579 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha jami 627256 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan taqqoslanganda oʻsish surʼati 106,4 %ga teng boʻldi.

Joriy yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq soʻzlagan edi.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar-avgust oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4 504,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yil yanvar-avgustiga nisbatan o‘sish sur’ati 105,5 % darajasida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 900,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.

“Xalq soʻzi” gazetasining 2023-yil 26-sentabrdagi 201-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Barqaror taraqqiyot va farovon hayot kafolati” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 028,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,1 % ga oshgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 42 499 ta bo‘lib, ular jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ni tashkil etdi.

Hududlar boʻyicha chakana savdo tovar aylanmasining eng koʻpi Toshkent shahri 23 068,8 mlrd. soʻm, Toshkent 8 440,1 mlrd. soʻm, Samarqand 7 771,9 mlrd. soʻm, Fargʻona 7 266,8 mlrd. soʻm, Namangan 5 265,2 mlrd. soʻm, Qashqadaryo 5 204,3 mlrd. soʻm, Andijon 4 914,4 mlrd. soʻm viloyatlarida qayd etilgan.

Joriy yilning 25–29-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida hududiy statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni 14 095 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 16 029,0 ming so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,5 % ga o‘sdi.

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.