Qo`mita yangiliklari

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 55 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafarga (6,4 %) koʻpaygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 45,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 28-30-avgust kunlari Xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi.

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 074,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 70,4 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9 %ga oshgan.

Joriy yilning 5-sentabr kuni Statistika agentligida “Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 2247,3 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 53 177 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida  korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1 268,1 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 73,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 3 265,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 36,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 3 828 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 56,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 9 797,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 553,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,0 % ga o‘sdi.