Qo`mita yangiliklari

2023-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha texnik ko‘maklashish missiyasi vakili – XVF statistika departamenti real sektor bo‘limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili bilan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 42 102 tani tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,4 % ni tashkil etdi.

Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda eʼlon qilingan BRM (SDG index) reytingida Oʻzbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 oʻrinni egalladi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyati boʻyicha 3 331,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1098,9 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 23,4 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida 3 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha 5 936 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 67,9 %,  transfertlardan olingan daromadlar 27,3 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 4,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 13,4 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 604,9 tonna tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida tashish va saqlash sohasida 2 578 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 barobarga oshgan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 98,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 66 146,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 17115,4 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  102,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 1 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 7 954 ta nikoh holatlari qayd etilgan.