Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-may oylarida Jizzax viloyatida jami 1,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 704,9 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga bemorlar yotib davolangan xususiy tibbiyot muassasalari soni 675 tani tashkil etdi.    

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyatida jami 16 636 ta nikoh qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi ham barcha yurtdoshlarimiz kabi ushbu siyosiy tadbirda  faol ishtirok etib, oʻz fuqarolik burchini chuqur anglab, siyosiy yetukligini namoyon etishyapti. 

Joriy yilning 4–14- iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Oksford universiteti hamkorligida “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi”ga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazilishi belgilangan.

 Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, tuman hokimligi va sektor rahbarlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Hududiy statistika organlari tomonidan reja-jadvalga muvofiq, tanlanma ravishda mahallalarda xonadonlarning raqamlanganligi va ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatilgani holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yil 5-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Singapur Statistika Departamenti (DOS) xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, xususan, sanoat va mehnat statistikasini takomillashtirish, aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish, statistik biznes registrni tuzish va yuritish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 4- iyul kuni Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Zafar Xamrayev hamda Narxlar statistikasi boshqarmasining Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Bunyod Nishonboyevning 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Ostona shahrida Jahon banki ko‘magida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

2023- yilning 3–5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi, 16.4.1 indikatori “Kiruvchi va chiquvchi noqonuniy moliyaviy oqimlarning umumiy hajmi”, soliq va tijorat bo‘yicha noqonuniy moliyaviy oqimlarni oʻlchash” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2414,3 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 114,8 % ni tashkil qildi.  

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyatida jami 7 710 ta nikoh qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM hajmi 4,4 % ga o‘sdi va 6 460,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 105,5 %, sanoatda 102,8 %, qurilishda 102,9 % va xizmatlar sohasida 104,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.