Qo`mita yangiliklari

2023- yil 1- may holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 12 474 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Butun dunyo boʻylab rasmiy statistika organlari jamiyatning turli ijtimoiy-iqtisodiy jabhalari boʻyicha aniqroq va toʻliqroq maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish uchun turli xil maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish ustida faol ishlamoqda.

Navoiy viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 4,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Andijon viloyatida jami deyarli 2,0 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 2 163,4 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 31,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 24 292 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 24,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,9 trln. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 % ini tashkil etdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 116,5 % tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 3 801,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari  ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 3,7 % ga ko‘paydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 402 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6-martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 5 178 taga yetib, so‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

Toshkent shahrida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 57,1 % ni tashkil etdi, jumladan:

Joriy yilning 24–25- may kunlari Moskvada II Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. 35 ta sessiyadan iborat boʻlgan mazkur biznes forumning shiori – “Koʻp qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi” deb nomlangan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 1,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyati boʻyicha 889,9 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 48,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan konsert tashkilotlari soni 70 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida FHDYO organlari tomonidan Namangan viloyati boʻyicha 24 292 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 25,9 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 27,1 %ni tashkil etgan.