Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvar-mart oylarida yurtimizda 1 923,8 ming tonna sut yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil qildi.

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

2023-yil yanvar-mart oylarida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 2,6 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,1 trln. soʻm) hajmining 85,4 foizini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida jami 3,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 045,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 4,0 % ga, 2019- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda esa 35,2 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 10,4 ming tonna mis simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan.

Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyati va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-may holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabrida Xorazm viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 23 723,5  mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 15 898,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 7 824,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent shahri boʻyicha 6 743,8 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida respublikada 526,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil qildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Fargʻona viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 3994,7 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, Samarqand viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 3,5 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 105,4 %ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan tadbir tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 1 496,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 128,2 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 319,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 3,2 % ga, o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5,9 ming tonna makaron ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 31,8 % ga oshgan. 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1,6 ming tonna makaron ishlab chiqarildi.

2023-yil 1-may holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda eng ko’pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar  hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Buxoro viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 89,1 % ni tashkil etdi, jumladan: